Xogvartsga qaytish: HBO «Garri Potter» serialidan ilk sahnani namoyish etdi
HBO «Garri Potter» serialining bir yarim daqiqalik parchasini eʼlon qildi. Unda Xogvartsning Katta zalida bayramona kechki ovqat tasvirlangan: oʻquvchilar Dambldorni kutib olishadi, direktor esa barmoqlarini qarsillatib, dasturxonlarni taomlarga toʻldiradi.

Parchada «Garri Potter va falsafa toshi» kitobida uchramaydigan dialog ham bor. Dambldor hazillashib, Makgonagall Garrini Griffindorda koʻrganidan albatta xursand boʻlsa kerakligini aytadi. Professor esa javoban bolaning otasi Jeymsga juda oʻxshashini taʼkidlaydi. Dambldor bunga eʼtiroz bildiradi: tashqi koʻrinish aldamchi boʻlishi mumkin, Garrining feʼl-atvori esa oʻziga xos.
Serial ustida «Merosxoʻrlar» seriali bilan tanilgan Francheska Gardiner hamda «Evani oʻldirish» seriali ssenariy muallifi Laura Nil ishlamoqda. Ijodkorlar loyiha koʻlami «Taxtlar oʻyini» va «Ajdarlar uyi»dan qolishmasligini vaʼda qilmoqda.
Serialning birinchi mavsumi HBO va HBO Max platformalarida 2026 yil 25 dekabrda chiqadi.
Yana oʻqing

Oʻzbekiston yirik Gollivud kinoloyihalaridan birini qabul qilishi mumkin
Madaniyat12:29
Xorijiy OAV Oʻzbekiston pavilonini Venetsiya biennalesining eng yaxshilari qatoriga kiritdi
Madaniyat26-noyabr, 16:33
