Yangi «Ochlik oʻyinlari» «Odisseya» natijasidan oshdi
«Ochlik oʻyinlari: Hosil tongi» oldindan namoyishlarda 21,25 mln dollar yigʻib, Kristofer Nolanning «Odisseya»si natijasidan oshdi. Bu franshiza tarixidagi ikkinchi koʻrsatkich.

Yangi film oldindan namoyishlarda 17,6 mln dollar yigʻgan «Odisseya»dan oʻzib ketdi. «Hosil tongi» «Michael» va «Iblis Prada kiyadi 2» filmlarini ham ortda qoldirdi.
Bu fransiza tarixidagi «Olov alangalanadi» filmidan keyingi ikkinchi eng yaxshi natija boʻldi: u 25,2 mln dollar yigʻgan. Joriy yilgi oldindan namoyishlar reytingida film faqat «Oʻrgimchak odam: Yangi kun»dan ortda qolmoqda. Uning tushumi avvalgi prikvel — «Ilonlar va sayroqi qushlar balladasi» koʻrsatkichidan uch baravardan koʻproq boʻldi.
«Ochlik oʻyinlari: Hosil tongi» Rossiya kinoprokatida 26 noyabrda namoyish etiladi. Syujet 50-Ochlik oʻyinlarida qatnashadigan 16 yoshli Haymitch Abernethyga bagʻishlangan.
Yana oʻqing

Oʻzbekiston yirik Gollivud kinoloyihalaridan birini qabul qilishi mumkin
Madaniyat12:29
Xorijiy OAV Oʻzbekiston pavilonini Venetsiya biennalesining eng yaxshilari qatoriga kiritdi
Madaniyat26-noyabr, 16:33
