Motorola Signature 27 yetkazib berilishi dekabr boshiga qoldirildi
Motorola va Best Buy saytlari Signature 27 oldindan berilgan buyurtmalari 8 va 11 dekabrda joʻnatilishini koʻrsatmoqda. Kompaniya bunga kutilganidan yuqori talab sabab boʻlganini bildirdi.

Saytlarda oldindan buyurtma berish tugmalari hali ham mavjud, biroq yangi buyurtmalar faqat dekabr boshida joʻnatilishi mumkin. Motorola ayrim xaridorlar uchun muddatlarni qayta koʻrib chiqayotganini va yetkazib berishni tezlashtirishga harakat qilayotganini maʼlum qildi.
Hindistonda Signature 27’ning rasmiy savdolari 9 dekabrda boshlanadi. Shu bilan birga, Reddit foydalanuvchilaridan biri smartfon va bepul Motorola Watch Ultra soati uchun kuzatuv raqamlarini allaqachon olganini xabar qildi. Ularni yetkazib berish 25 noyabrga rejalashtirilgan.
Yevropada bu model allaqachon sotuvda. Signature 27 Motorolaʼning uzoq vaqtdan beri eng koʻzga koʻringan premium taqdimotlaridan biriga aylandi. Kompaniya, shuningdek, smartfon uchun yetti yil davomida dasturiy taʼminot yangilanishlarini vaʼda qilmoqda — bu Samsung va Google takliflari darajasida.
Yana oʻqing

Boris Titov BRM kun tartibiga SI, kosmos va madaniyatni qoʻshishni taklif qildi
Texnologiyalar10:49
«Roskosmos» kosmonavtlarga yordam berish va sunʼiy yoʻldosh tasvirlarini yaxshilash uchun sunʼiy intellektdan foydalanadi
Texnologiyalar10:41
