Juma, 27-noyabr 2026-yil
Jamiyat

Ummonda «Mirziyoyev doktrinasi» nomli arab tilidagi kitob nashr etildi

Maskatda «Luban» nashriyoti Oʻzbekiston islohotlari, mamlakat tashqi siyosati va diplomatik hamkorlik istiqbollariga bagʻishlangan arab tilidagi kitobni nashr etdi.

23-noyabr, 14:51По-русски

Read in English

Ummonning Maskat shahrida «Luban» nashriyoti «Mirziyoyev doktrinasi: global beqarorlik davrida imkoniyatlar diplomatiyasi» kitobining arabcha tarjimasini nashr etdi. Unda prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida soʻnggi oʻn yil davomida Oʻzbekistonda amalga oshirilgan islohotlar, shuningdek, mamlakatning tashqi siyosatdagi yangi yondashuvlari koʻrib chiqiladi.

Kitobning alohida boʻlimlari Yangi Oʻzbekiston tashqi siyosatining tamoyillari — oʻzaro ishonch, konstruktiv muloqot, yaxshi qoʻshnichilik va oʻzaro manfaatli hamkorlikka bagʻishlangan. Mualliflar, shuningdek, Markaziy Osiyoda integratsiyaning rivojlanishi, savdo-iqtisodiy aloqalar, transport koridorlari va investitsiyalarni jalb etish jarayonlarini tahlil qiladi.

Xabarda taʼkidlanishicha, arab tilidagi nashr Ummonda Oʻzbekiston taraqqiyoti, uning islohotlari va davlat rahbarining siyosiy qarashlariga qiziqish borligini aks ettiradi. Manba bahosiga koʻra, kitob Oʻzbekistonning islohotlar tajribasi Ummon jamoatchiligi uchun muhim ekanini ham koʻrsatadi.