Juma, 27-noyabr 2026-yil
Siyosat

Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Qozogʻiston mavsumiy suv hamda elektr energiyasi almashinuvini kelishib oladi

Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Qozogʻiston mavsumiy suv tashlamalari hamda elektr energiyasining oʻzaro yetkazib berilishini kelishib oladi. Bu haqda 19 noyabr kuni Suv xoʻjaligi vaziri Shavkat Hamroyev maʼlum qildi.

20-noyabr, 10:10По-русски

Read in English

ru.sputnik.kz

Qirgʻizistonga elektr energiyasi ayniqsa qishda, Oʻzbekiston va Qozogʻistonga esa sugʻorish uchun suv bahor va yoz oylarida kerak boʻladi. Shu sababli mamlakatlar suv omborlarining ishlash rejimlarini energiya yetkazib berish bilan bogʻlamoqda.

Qirgʻiziston elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun Toʻqtoʻgʻul suv omboridan suv tashlamalarini oshirmoqda. Ayni paytda qoʻshni mamlakatlar uchun vegetatsiya davrida suv olish muhim. 20 iyun kuni uch mamlakat 2026 yilgi vegetatsiya davrida suv tashlamalarini muvofiqlashtirish va elektr energiyasini oʻzaro yetkazib berish toʻgʻrisidagi protokolni imzoladi.

Hamroyevning taʼkidlashicha, mintaqadagi munosabatlar 2005–2015 yillarga nisbatan yaxshilangan, biroq iqlim xatarlari saqlanib qolmoqda: muzliklar erimoqda, manbalardagi suv miqdori esa kamaymoqda. Uning soʻzlariga koʻra, Rogʻun GESini qurish yana kamida toʻrt-besh yil davom etadi, hajmi 13,3 mlrd kub metr boʻlgan suv omborini toʻldirish esa taxminan 2035 yilgacha yakunlanadi. Vazirning baholashicha, Qoshtepa kanali orqali toʻlaqonli suv olish 2030 yildan oldin boshlanmaydi. Kelgusida Afgʻoniston Amudaryodan har yili 6 mlrd dan 10 mlrd kub metrgacha suv olishi mumkin.