SHHT kubogi: Oʻzbekiston Moskvada yetti medal oldi
Oʻzbekiston terma jamoasi Moskvadagi SHHT Ochiq kubogida yetti medal: ikki oltin, toʻrt kumush va bir bronza qoʻlga kiritdi. Sakkiz dzyudochidan yetti nafari sovrindor boʻldi.
17-noyabr, 15:46По-русски

Moskvadagi musobaqalar SHHTga aʼzo davlatlar vakillari ishtirokidagi kompleks turnir doirasida oʻtkazilmoqda.
Nizomiddinxodja Toshpoʻlatov 73 kg gacha, Muhammadali Tangriyev esa 100 kg dan yuqori vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Muhayyo Ahmatova (57 kg gacha), Sarvinoz Xusanova (63 kg gacha), Alisher Samanov (90 kg gacha) va Muhammadali Zoirov (100 kg gacha) kumush medal sohiblari boʻldi. Sevinch Murodovaga 48 kg gacha vazn toifasida bronza medal nasib etdi.



