«U UFC top jangchilari saviyasida emas». Prates magʻlubiyatsiz Moralesning zaif jihatlarini aytdi
UFC reytingida ikkinchi oʻrindagi Karlos Prates 30-yanvar kuni Torontoda vaqtinchalik chempionlik uchun boʻladigan jang oldidan Maykl Moralesning zarba texnikasini ehtimoliy zaif tomoni deb atadi.

30-yanvar kuni Kanadaning Toronto shahrida Prates va Morales yarim oʻrta vaznda UFC vaqtinchalik chempionligi uchun jang qiladi. Prates bu vazn toifasi reytingida ikkinchi, Morales esa uchinchi oʻrinda turibdi va hozircha biror marta ham magʻlub boʻlmagan.
Braziliyalik jangchining fikricha, ekvadorlik oldinga yaxshi yuradi va zarbalar seriyasini qoʻllaydi. Biroq u harakatlanib, oʻzini himoya qila oladigan kuchli zarbachiga qarshi muammolarga duch kelishi mumkin. Shu bilan birga, Prates Moralesni jismonan baquvvat va yirik deb hisoblaydi, shuning uchun u yaxshi kurash olib borishini taxmin qilmoqda.
Braziliyalik jangchi raqibining chidamliligiga ham shubha bildirdi va jang barcha besh raund davom etishini kutmayapti. Pratesning aytishicha, oʻzi besh, yetti yoki sakkiz raund jang qila oladi, biroq Morales haqidagi shubhalarini uning katta vazni bilan bogʻladi.



