IHT Oʻzbekiston tomonidan taklif etilgan 2035-yilgacha boʻlgan iqtisodiy hamkorlik maqsadlarini qabul qildi
Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi Islomoboddagi yigʻilishda Oʻzbekiston Prezidenti tashabbusi bilan ishlab chiqilgan «Iqtisodiy hamkorlikning strategik maqsadlari — 2035» hujjatini qabul qildi.

2026-yil 16-noyabr kuni Islomobodda Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 30-yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Bobur Usmanov boshchilik qildi.
Ishtirokchilar mintaqaviy savdo-iqtisodiy hamkorlik, transport bogʻliqligi, investitsiyalar va ekologik barqarorlik masalalarini muhokama qildilar.
Yigʻilish yakunida Oʻzbekiston Prezidenti tashabbusi bilan ishlab chiqilgan «Iqtisodiy hamkorlikning strategik maqsadlari — 2035» hujjati hamda Islomobod kommunikesi qabul qilindi.



