Juma, 27-noyabr 2026-yil
Sport

Globe Soccer Awards 2026 yilning eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun nomzodlarni eʼlon qildi

Lionel Messi, Lamin Yamal, Kilian Mbappe va boshqa futbolchilar ushbu sovrin uchun daʼvogarlik qilmoqda. Oʻtgan yili yil futbolchisi deb Usman Dembele topilgandi.

18-noyabr, 16:09По-русски

Read in English

sports.ru

Qisqa roʻyxatda eng koʻp nomzod «PSJ»dan — parijliklar safidan sakkiz futbolchi kiritilgan: Usman Dembele, Desire Due, Ashraf Hakimi, Xvicha Kvaratsxeliya, Nunu Mendes, Joau Neves, Fabian Ruis va Vitinya.

«Barselona»dan toʻrt nafar futbolchi daʼvogarlik qilmoqda: Pau Kubarsi, Rafinya, Lamin Yamal va Rodri. Madridning «Real» klubini uch futbolchi — Jud Bellingem, Vinisius Junior va Kilian Mbappe — taqdim etadi. «Arsenal»da yana uch nomzod bor: Deklan Rays, Bukayo Saka va Uilyam Saliba.

«Inter» (Federiko Dimarko, Lautaro Martines) va «Bavariya» (Garri Keyn, Maykl Olise)dan ikki nafardan nomzod bor. Qolgan klublarning har biri bittadan futbolchi bilan taqdim etilgan: «Manchester Siti»dan Erling Holand, «Manchester Yunayted»dan Bruno Fernandesh, «Liverpul»dan Dominik Soboslai va «Inter Mayami»dan Lionel Messi.