Juma, 27-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Parkent tumanidagi «Oltin bel» majmuasi negizida 600 ta ish oʻrni koʻzda tutilgan

Toshkent viloyatining Parkent tumanida bir vaqtning oʻzida 6 ming nafargacha kishiga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan «Oltin bel» turistik majmuasi tashkil etildi.

22-noyabr, 13:03По-русски

Read in English

«Oltin bel» turistik majmuasi mahalliy loyihachilar va quruvchilar tomonidan, Qumushkanda Boʻstonliq va Zominning turistik zonalaridagi infratuzilmaga teng keladigan obyekt barpo etish vazifasi qoʻyilgach, qurildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev investorlar va tadbirkorlar bilan uchrashuvda loyihani muhokama qildi. Mehmonxonalar, restoranlar, shalelar, akvapark, amfiteatr va boshqa dam olish obyektlari majmua tarkibiga kirdi. Loyihada 600 ta ish oʻrni koʻzda tutilgan.

Xalqaro turizm akademiyasi ishtirokida bu yerda kadrlar tayyorlash kurslari ham tashkil etildi. Majmuani qurish va jihozlash uchun materiallar hamda uskunalarning 95 foizi mahalliy korxonalardan xarid qilindi. Manbaga koʻra, bu loyiha qiymatini 20 foizga kamaytirgan.

Shu tajribani hisobga olgan holda Nanay, Xonobod, Chimyonsoy, Muzbuloq, Urgut, Ellikqalʼa va boshqa hududlarda shunga oʻxshash obyektlar barpo etish taklif qilindi. Mirziyoyev qurilish sohasi va turizm hududlarni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish hamda ish oʻrinlari yaratishga koʻmaklashishi uchun bir-birini toʻldirishi kerakligini aytdi.