Juma, 27-noyabr 2026-yil
Madaniyat

Golden Discʼning 41-marosimi nomzodlarni eʼlon qildi

Golden Disc 41-mukofoti tashkilotchilari uch toifadagi nomzodlarni eʼlon qildi. Marosim 2027-yil 9 va 10-yanvar kunlari Xanoyda oʻtkaziladi.

26-noyabr, 13:37По-русски

Read in English

soompi.com

25-noyabrda Golden Disc tashkiliy qoʻmitasi raqamli qoʻshiqlar va albomlar boʻyicha bosh mukofotlar, shuningdek, eng yaxshi yangi artist unvoni daʼvogarlarini eʼlon qildi. Saralashga 2025-yil noyabr boshidan 2026-yil oktabr oxirigacha chiqqan relizlar kiritildi.

Digital Song Division Bonsang toifasi: aespa — LEMONADE, AKMU — Paradise of Rumors, ALLDAY PROJECT — ONE MORE TIME, Ashatree, Lee Ye Eun va Jeon Keonho — LOVE AGAIN (2025), ATEEZ — BAD, BTS — SWIM, CORTIS — REDRED, fromis_9 — White Memories, Hearts2Hearts — RUDE!, I.O.I — Suddenly, ILLIT — Itʼs Me, IVE — BANG BANG, KiiiKiii — 404 (New Era), NMIXX — Heavy Serenade, PLAVE — Borrow your night, RESCENE — Pretty Girl, Soyeon — Iʼm gonna TOESA (Narr. Kian84), Taeyoen — Bansanka, Yena — Catch Catch va SoonSoonHee (Jihwan) — Even if I close my eyes (2026).

Albomlar toifasi: &TEAM, aespa, ALPHA DRIVE ONE, BOYNEXTDOOR, BTS, CLOSE YOUR EYES, CORTIS, ENHYPEN, EXO, IVE, JxJ, LE SSERAFIM, NCT 127, NCT DREAM, NCT WISH, RIIZE, Stray Kids, TXT, TWS va Yeonjun. Eng yaxshi yangi artist unvoni uchun A2O LITE, AEN, ALPHA DRIVE ONE, AND2BLE, Chuei Li Yu, EVAN, FLARE U, KEYVITUP, LNGSHOT, MODYSSEY, NAZE, OURBIRTHDAY, TUIDE, TUNEXX va VAYONN daʼvogarlik qiladi.

Marosimni Xanoydagi Vietnam Exposition Center maxsus ochiq maydonida Son Si Gyong va Mun Ga Yong olib boradi.