Fargʻonada Kirguli massivida dam olish zonalari loyihalarini tayyorlash topshirildi
Fargʻona viloyati hokimi Hayrullo Bozorov Kirguli massivida turizmni rivojlantirish rejasini ishlab chiqish va yer uchastkalarini inventarizatsiyadan oʻtkazishni topshirdi.

Kirguliga safari chogʻida Bozorov Muruvvat va Kirguli mahallalaridagi infratuzilmani koʻzdan kechirdi. Viloyat vakillari mavjud infratuzilma va hududning tabiiy xususiyatlaridan dam olish zonalari hamda turistik obyektlar tashkil etishda qanday foydalanish mumkinligini muhokama qildi. Mumkin boʻlgan maydonlar qatorida suv oqimlari yaqinidagi hududlar ham koʻrib chiqildi.
Koʻzdan kechirish davomida samarasiz foydalanilayotgan yer uchastkalari, shuningdek, oʻzboshimchalik bilan oʻrnatilgan toʻsiqlar va noqonuniy qurilmalar aniqlandi. Bozorov barcha yer uchastkalarini tekshirish, aniqlangan qonunbuzarliklarni belgilangan tartibda bartaraf etish va yerlardan maqsadli foydalanilishini taʼminlashni topshirdi.
Hokim, shuningdek, «Kirguli» sport va havaskor baliq ovlash xoʻjaligiga tashrif buyurdi. U Oʻzbekiston Ovchilar va baliqchilar sport birlashmasining viloyat boʻlimi tasarrufida. Safar yakunlari boʻyicha masʼul xizmatlarga hududni rivojlantirishning kompleks rejasini tayyorlash topshirildi.



