Juma, 27-noyabr 2026-yil
Sport

Mareska APLdagi gʻalabasiz seriya va «Siti»ning Chempionlar ligasi maqsadini izohladi

«Manchester City» bosh murabbiyi Enso Mareska «Napoli» bilan oʻyin oldidan APLdagi 4 ta gʻalabasiz uchrashuvdan soʻng top-8 ga chiqish klub maqsadi ekanini aytdi.

24-noyabr, 11:27По-русски

Read in English

championat.com

Manchesterda Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 5-turidagi oʻz uy uchrashuvi oldidan Mareska jamoada «Napoli»ni yengib, turnirdagi muvaffaqiyatli yurishini davom ettirish imkoniyati boʻlishini aytdi.

Murabbiyning soʻzlariga koʻra, Premer-ligadagi ketma-ket 4 ta oʻyinda gʻalaba qozonilmagani alamli natija. Biroq hozir klub uchun keyingi bosqichga chiqish muhim. Agar «Siti» umumiy bosqichni kuchli sakkizlikda yakunlamasa, jamoa yana 2 ta oʻyin oʻtkazishiga toʻgʻri keladi. Mareska oʻyinlar koʻp boʻlgan paytda taqvimni qisqartirish muhimligini taʼkidladi.