Dmitriyev APEC sammiti chetida AQSh biznesmenlari bilan uchrashuvlarni konstruktiv deb atadi
Rossiya prezidentining maxsus vakili Kirill Dmitriyev Xitoydagi APEC sammiti chetida Rossiya vakillari AQSh biznesmenlari bilan konstruktiv aloqalar oʻrnatganini aytdi.

Xitoyda APEC sammiti chetida Rossiya vakillari AQSh tadbirkorlari bilan iqtisodiy hamkorlikni muhokama qilgan, dedi Dmitriyev «Vesti» axborot xizmatiga bergan intervyusida. Uning aytishicha, muloqot ishtirokchilari Ukraina mojarosi yakunlangach, iqtisodiy rivojlanishga allaqachon tayyorgarlik koʻrmoqda.
Dmitriyev, shuningdek, AQSh biznesmenlari Rossiya bilan hamkorlikka qarshi chiqayotgan siyosiy kuchlar bosimiga duch kelayotganini aytdi. Shu bilan birga, uning soʻzlariga koʻra, ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlikni muhim deb hisoblaydigan odamlar hamon bor.



