Juma, 27-noyabr 2026-yil
Jamiyat

Toshkentda Kurchatov instituti filiali tashkil etiladi

Oʻzbekiston hukumati 2026-yil 25-noyabrdagi 643-son qaror bilan Toshkentda Rossiyaning Kurchatov instituti filialini tashkil etishga qaror qildi.

27-noyabr, 09:33По-русски

Read in English

Federal davlat byudjet muassasasi — «Milliy tadqiqot markazi “Kurchatov instituti”»ning filiali Oʻzbekiston poytaxtida faoliyat yuritadi. Hujjatda materiallar, atom energetikasi, bioiqtisodiyot, yadro tibbiyoti va radiologiya, shuningdek, kvant texnologiyalari boʻyicha qoʻshma tadqiqotlar oʻtkazish nazarda tutilgan.

Alohida yoʻnalish sifatida Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Genomika va bioinformatika markazi hamda Ilgʻor texnologiyalar markazi bilan biotexnologiyalar va genom texnologiyalari sohasidagi loyihalar belgilangan.

Filial negizida yadro texnologiyalari, kvant fizikasi va radiobiologiya boʻyicha ilmiy kadrlar tayyorlash rejalashtirilmoqda. Talabalar, doktorantlar va yosh olimlar uchun bosh tashkilotning Rossiyadagi laboratoriyalarida stajirovkalar tashkil etiladi. Ularda har yili kamida 10 kishi qatnashishi kerak.

Doktorantlar va mustaqil tadqiqotchilar uchun oʻzbekistonlik hamda xorijiy olimlarning co-tutelle tizimi asosidagi qoʻshma ilmiy rahbarligi ham nazarda tutiladi.