Juma, 27-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Almatida Oʻzbekiston-Qozogʻiston biznes-forumi boʻlib oʻtdi

Qozogʻistonning Almati shahrida qariyb 300 tadbirkor ishtirokida biznes-forum boʻlib oʻtdi. U Oʻzbekiston delegatsiyasining biznes missiyasi doirasida tashkil etildi.

27-noyabr, 10:55По-русски

Read in English

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi ikki mamlakat biznesi va davlat tuzilmalari vakillari qatnashgan forum oʻtkazilganini maʼlum qildi. Ishtirokchilar orasida palata raisi oʻrinbosari Sherzod Ibragimov, Oʻzbekistonning Qozogʻistondagi elchisi Baxtiyor Ibragimov, Almati akimi oʻrinbosari Beybut Shaxanov va «Atameken» Tadbirkorlar hududiy palatasi direktori Chingizxon Mamanov bor.

Ishtirokchilar savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish va investitsiyaviy hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Eksport va import, qoʻshma ishlab chiqarishlarni yoʻlga qoʻyish, logistika hamda istiqbolli investitsiya tashabbuslariga alohida eʼtibor qaratildi.

Forum dasturidan mahsulotlar koʻrgazmasi, tadbirkorlarning B2B formatidagi ikki tomonlama uchrashuvlari hamda biznes vakillarining davlat tuzilmalari bilan G2B formatidagi muzokaralari oʻrin oldi. Tashkilotchilar forum maydonini hamkorlar izlash va qoʻshma loyihalarni muhokama qilish uchun platforma sifatida ham taqdim etdi.