Juma, 27-noyabr 2026-yil
Madaniyat

Uch olam qahramonlari yangi «Qasoskorlar» treylerida uchrashdi

Marvel Entertainment 2026-yil 23-noyabrda «Qasoskorlar: Doktor Dum»ning final treylerini taqdim etdi. Uch olam qahramonlari halokatli tahdidga qarshi birlashadi.

25-noyabr, 16:58По-русски

Read in English

Marvel

Marvel Entertainment 2026-yil 23-noyabrda «Qasoskorlar: Doktor Dum» (Avengers: Doomsday) filmining final treylerini taqdim etdi. Filmning jahon premyerasi 18-dekabrga rejalashtirilgan.

Treylerda Kris Evans yana ijro etgan Stiv Rojers oddiy oilaviy hayot kechiradi, biroq Fantastik toʻrtlik paydo boʻlgach, Kapitan Amerika roliga qaytishga rozi boʻladi. Kris Hemsvort ijro etgan Tor rang-barang jamoani kelishmovchiliklarni chetga surishga chaqiradi. Yakunda Jeyms Marsden ijro etgan Siklopning chaqirigʻi bilan X odamlar paydo boʻladi.

Syujetga koʻra, uch olam qahramonlari ekzistensial tahdidga duch kelib, kuchlarini birlashtirishga majbur boʻladi. Robert Dauni-kichik oʻzi uchun yangi boʻlgan yovuz qahramon — Doktor Dum rolini ijro etdi. Filmda, shuningdek, Pedro Paskal, Pol Radd, Entoni Maki, Florens Pyu, Vanessa Kirbi, Channing Tatum, Simu Liu, Tom Hiddleston, Patrik Styuart va boshqa aktyorlar suratga tushgan. Rejissyorlar — Entoni va Jo Russo.