Kim Chen In qurilayotgan changʻi kurortida qizi bilan suratga tushdi
Chorshanba kuni Kim Chen In Samjiyondagi qurilayotgan changʻi kurortiga qizi Kim Ju E va singlisi Kim Yo Jong bilan bordi; suratlar mustaqil tasdiqlanmagan.

Chorshanba kuni Koreya Markaziy telegraf agentligi KXDR shimolidagi Samjiyondan olingan suratlarni eʼlon qildi. 15–16 noyabrda olingan deb taxmin qilinayotgan kadrlarda mamlakat rahbari qizi va singlisi bilan safarda aks etgan. Mintaqada rivojlantirilayotgan yangi kurort yonbagʻirlarida Kim Chen Inning qizi va singlisi koʻrinadi. Rahbarning oʻzi changʻida tushirilmagan — u yordamchilari orasida kresloda oʻtiribdi.
Qizining ismi va tugʻilgan sanasi rasman tasdiqlanmagan. U 2022 yilda otasi yonida, raketa uchirilgan obyektga tashrif chogʻida ilk bor omma oldida koʻringan. Davlat OAVsi dastlab uni «sevimli» va «qadrli» qiz deb atagan, keyin esa «hurmatli» murojaatini qoʻllay boshlagan.
2025 yilda qizi ilk bor rasmiy xorijiy safarga chiqib, otasi bilan Pekinda mamlakatning Ikkinchi jahon urushida Yaponiya ustidan qozongan gʻalabasining 80 yilligiga bagʻishlangan tadbirlarda qatnashdi. Uning muntazam koʻrinishlari voris roliga tayyorlanayotgani haqidagi taxminlarga sabab boʻldi. Xabarlarga koʻra, Janubiy Koreya razvedkasi bu baholarni uning ommaviy chiqishlari, vorislikka tayyorgarlikdan oʻtayotgani haqidagi taxminlar va siyosiy qarorlarni muhokama qilishda ishtiroki bilan bogʻlaydi.



