Juma, 27-noyabr 2026-yil
Sport

NBA Yevropadagi 10 mlrd yevrolik infratuzilma loyihasiga investor izlamoqda

Liga 2027-yilda Yevropada yangi basketbol ekotizimini ishga tushirishni qoʻllab-quvvatlash uchun arena va sport-koʻngilochar infratuzilmasini qurish hamda rekonstruksiya qilish loyihasini tayyorlamoqda.

26-noyabr, 11:42По-русски

Read in English

sports.ru

25 noyabr kuni NBA Yevropada qiymati kamida 10 mlrd yevro boʻlgan infratuzilma loyihasi tayyorlanayotganini maʼlum qildi. Liga Yevropa infratuzilmasida ishlash tajribasiga ega yirik investorlarni izlamoqda. Ular orasida Apollo Sports Capital, Ares Management, Blackstone va JPMorgan Chase & Co. bor.

Loyiha NBA va FIBAning Yevropada yangi professional basketbol ekotizimini yaratish rejalariga bogʻliq. Klublar va ularning egalari zamonaviy arenalarni qurish uchun kapital hamda ekspertizadan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak. NBA komissari Adam Silverning aytishicha, bunday obyektlar muxlislar uchun sharoitni yaxshilashi, shuningdek, klublar va ularga tutash hududlar rivojini qoʻllab-quvvatlashi mumkin.

Sports Consultancy hisob-kitobiga koʻra, yangi liga faoliyatining dastlabki oʻn yilida Yevropa iqtisodiyotiga 24 mlrd yevrodan ortiq yalpi qoʻshilgan qiymat keltirishi mumkin. Ayni paytda Yevropada Yevroliga ham faoliyat yuritmoqda: oktabr oyida uning ishtirokchilari NBA loyihasi bilan birlashishdan voz kechdi.