Yaponiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi viza yozilish tizimini toʻxtatdi
Elchixona takroriy ruxsatsiz kirishlar sabab vizaga onlayn yozilishni toʻxtatdi. COE egalari va verbal nota sohiblari elektron pochta orqali yozilishi mumkin.

Diplomatik vakolatxona juda zarur boʻlmasa, tizimga kirmaslikni soʻradi. Tizim xavfsiz ishlashi taʼminlangach, yozilish uchun joylar bosqichma-bosqich ochilishi rejalashtirilmoqda.
Yozilish boʻyicha murojaatlar telefon yoki elektron pochta orqali qabul qilinmaydi. Istisno Yashash maqomi sertifikati (Certificate of Eligibility, COE) berilgan shaxslar hamda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligining verbal notasiga ega boʻlganlar uchun qilindi.
Ular hujjatlarni visa@ts.mofa.go.jp manziliga yuborishi kerak. Shundan soʻng elchixona ariza topshirish sanasini maʼlum qiladi.



