Yannik Sinnerga operatsiya qilinishi mumkin: tizzani konservativ davolash samara bermadi
Dunyoning ikkinchi raketkasi Yannik Sinner tizzasidagi jarohat yuzasidan mutaxassislar bilan maslahatlashish uchun AQShga borishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Italiyaning Vanity Fair Italy nashri yozdi.

Jurnal maʼlumotlariga koʻra, konservativ davolash “Katta dubulgʻa” turnirlarining besh karra gʻolibi kutgan samarani hozircha bermagan. Italiyalik tennischi kortga hali ham qaytmadi: u toʻlaqonli mashgʻulotlarni hanuz qayta boshlagani yoʻq.
Sinner jamoasida hozircha operatsiya masalasi muhokama qilinmagan. Biroq oʻrta muddatli istiqbolda bunday ehtimol ham istisno etilmayapti: agar tizzadagi ogʻriq oʻtmasa va davolash ham samara bermasa, jarrohlarsiz iloj boʻlmasligi mumkin.
Sinner 2026-yilgi Uimbldondagi gʻalabasidan soʻng birorta ham ATP turnirida qatnashmadi.



