Juma, 27-noyabr 2026-yil
Madaniyat

Melissa Makkarti va Klayv Ouen «JonBenet Ramsi» treylerida yoʻqolgan qizini motam bilan eslashadi

Netflix 2026-yil 24-noyabrda yoʻqolgan olti yoshli qizaloq oilasi haqidagi olti qismli «JonBenet Ramsi» seriali treylerini taqdim etdi. Premyera 10-dekabrga belgilangan.

26-noyabr, 13:56По-русски

Read in English

Netflix / whats-on-netflix.com

Syujet markazida 1996-yil 25-dekabr tongi turadi: Jon va Patsi Ramsi uygʻonib, qizlari yoʻqolganini payqab qolishadi. Oshxona stolida ota-ona tovon puli talab qilingan xatni topadi.

Jon obrazini Klayv Ouen, Patsi obrazini Melissa Makkarti, JonBenet obrazini esa Emili Mitchell ijro etgan. Loyihada Garret Hedlund, Alison Pill, Shey Uighem, Ouen Tig, Klifton Kollinz-kichik, Angus Koldvell va Margo Martindeyl ham ishtirok etmoqda.

Serial 30 yil avval sodir boʻlgan, ochilmay qolgan qotillikning haqiqiy hikoyasiga asoslangan. Ssenariy mualliflari — Harrison Kueri va Tommi Uollax, rejissyor — Anne Sevitski, shou-ranner — Richard Lagravenese. Barcha olti epizod Netflixʼda 2026-yil 10-dekabrda namoyish etiladi.