Juma, 27-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Oʻzbekiston va Gonkong turizm sohasidagi hamkorlik istiqbollarini koʻrib chiqdi

Oʻzbekiston va Gonkong turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va amaliy hamkorlikni davom ettirishga kelishdi. Tomonlar oʻzaro turistik almashinuv va qoʻshma marketing loyihalarini muhokama qildi.

26-noyabr, 16:47По-русски

Read in English

gov.uz

2026-yil 25-noyabr kuni boʻlib oʻtgan uchrashuvda Gonkong bozorida Oʻzbekistonning sayyohlik salohiyatini targʻib qilish, tanishtiruv turlarini tashkil etish hamda soha vakillari oʻrtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Oʻzbekistonda Gonkongdan keladigan sayyohlar uchun qiziq boʻlgan shopping, gastronomik, koʻngilochar, tungi va zamonaviy shahar turizmini rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi. Yakunda tomonlar belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha ishlarni davom ettirishga kelishib oldi.