Juma, 27-noyabr 2026-yil
Siyosat

Oʻzbekiston Prezidenti Ammonga yetib keldi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan davlat tashrifi bilan Iordaniyaga keldi. Asosiy tadbirlar 24-noyabrda oʻtkaziladi.

24-noyabr, 11:40По-русски

Read in English

Ammonda Prezident va uning rafiqasini Iordaniya qiroli Abdulla II ibn al-Husayn hamda qirolicha Raniya al-Abdulla kutib oldi. Marosim Qirolicha Aliya nomidagi xalqaro aeroportda boʻlib oʻtdi.

Mirziyoyevning samolyotini Iordaniya havo hududida mamlakat harbiy-havo kuchlarining qiruvchi samolyotlari kuzatib bordi. Aeroportda shahzoda Gʻoziy ibn Muhammad va uning rafiqasi ham hozir boʻldi.

Mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Davlat rahbarlari rasmiy delegatsiyalar aʼzolari bilan salomlashib, saf oldidan oʻtdi. Tashrif doirasidagi asosiy uchrashuvlar va muzokaralar 24-noyabrga rejalashtirilgan.