Juma, 27-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

«Oʻzbekneftgaz» qishning ikki oyiga 102 ming tonna benzin jamgʻardi

«Oʻzbekneftgaz» kompaniya bahosiga koʻra, qishning ikki oyiga yetadigan 102 ming tonna benzin jamgʻardi. Talab keskin oshsa, yetkazib berishni ikki baravardan koʻproqqa oshirish rejalashtirilmoqda.

25-noyabr, 16:43По-русски

Read in English

Shutterstock

Zaxira Buxoro neftni qayta ishlash zavodi va neft bazalarida saqlanmoqda. Kompaniya bu hajm oʻtgan yilning shu davridagi yoqilgʻi hajmidan koʻp ekanini taʼkidladi.

Hozir birja savdolariga har kuni 4,6 ming tonna yoqilgʻi, asosan AI-92 benzini chiqarilmoqda. Isteʼmol oshsa, yetkazib berish bosqichma-bosqich koʻpaytirilishi mumkin. Bu metan quyish shoxobchalari faoliyati vaqtincha cheklanadigan qattiq sovuqlarda zarur boʻlishi mumkin: shunda haydovchilar benzinga oʻtadi.

«Oʻzbekneftgaz» shuningdek, metan zapravkalarining yopilishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar ayrim shoxobchalarni oldindan qoʻshimcha benzin xarid qilishga undayotganini bildirdi. Bu talabni oshirib, birja narxlariga taʼsir qilmoqda.

Kompaniya benzinining birjadagi boshlangʻich narxi apreldan beri oʻzgarmagan — bir tonnasi 14 mln soʻm.