Juma, 27-noyabr 2026-yil
Jamiyat

Toshkentda kichik Nil timsohi topildi

15 noyabr kuni Toshkentdagi shahar daryosida baliqchilar kichik Nil timsohini topdi. Mutaxassislar uni olib, hayvonot bogʻiga yetkazdi.

17-noyabr, 16:09По-русски

Read in English

15 noyabr kuni Toshkentdagi daryolardan birida baliqchilar sudralib yuruvchi paydo boʻlganini maʼlum qildi. Voqea joyiga Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi hamda Toshkent hayvonot bogʻi mutaxassislari yetib keldi. Ular hayvonni xavfsiz tutib, hayvonot bogʻiga olib borishdi.

Shundan soʻng mutaxassislar yaqin atrofda boshqa sudralib yuruvchilar bor-yoʻqligini tekshirdi. Boshqa hayvonlar aniqlanmadi.

Hayvonot bogʻi aholiga noodatiy muhitga tushib qolgan ekzotik hayvonlarni mustaqil ravishda tutishga yoki haydashga urinmaslikni tavsiya qildi. Bunday topilmalar haqida tegishli xizmatlarga xabar berish kerak: hatto kichik sudralib yuruvchi ham mutaxassislar yordamiga muhtoj boʻlishi mumkin.