Juma, 27-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Yevrosiyo taraqqiyot banki yaqin yillarda Oʻzbekistonga milliardlab dollar kiritmoqchi

Yevrosiyo taraqqiyot banki yaqin 4–5 yilda Oʻzbekistonga kamida $3 mlrd yoʻnaltirmoqchi, dedi boshqaruv raisi Nikolay Podguzov. 2026 yil oxirigacha qariyb $300 mln rejalashtirilgan.

27-noyabr, 10:54По-русски

Read in English

g0d4ather / Shutterstock

Toshkentdagi bankning yangi ofisida oʻtgan matbuot anjumanida Podguzov bankning qiziqishini Oʻzbekistondagi iqtisodiy oʻsish va investitsiyalarni jalb etish siyosati bilan izohladi.

Oʻzbekiston bank investitsiya portfeli hajmi boʻyicha uchinchi oʻrinda. Podguzovga koʻra, yaqin yillarda respublika ulushi bank jami investitsiyalarining 10 foizidan oshadi. Bank mamlakatlar boʻyicha limitlar belgilamaydi va aʼzo davlatlar oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlovchi loyihalarni qoʻllab-quvvatlaydi.

Ustuvor yoʻnalishlar — transport, gidroenergetika, sanoat va logistika. Bank Toshkent — Samarqand, Toshkent — Andijon va Toshkent — Chorvoq yoʻllari, shuningdek, temiryoʻl va aeroport infratuzilmasini rivojlantirishda ishtirok etishni koʻrib chiqmoqda. Pskem GES uskunalarini yangilashni moliyalashtirish ham muhokama qilinmoqda.

Logistika sohasida bank zamonaviy omborlar va taqsimot markazlarini alohida taʼkidlaydi. Bank tadqiqotiga koʻra, 2026 yil I choragi oxirida A va B sinfidagi omborlar fondi qariyb 795 ming kvadrat metrni tashkil etgan, 2040 yilga ehtiyoj 5,9–7,6 mln kvadrat metrga yetishi mumkin. Talabning qariyb 80 foizini chakana savdo va elektron tijorat taʼminlaydi.