Montella Turkiya terma jamoasidan ketgach, Yevro-2024 oldidagi xavotirlarni esladi
Turkiyaning sobiq bosh murabbiyi Vinchenso Montella tayinlanishidan oldin jamoa Yevro-2024ga chiqa olmasligi mumkinligini, ammo saralashdan oʻtganini aytdi.
26-noyabr, 17:28По-русски

sports.ru
Montella Turkiya terma jamoasini oktabrda tark etdi. JCh-2026da uning boshqaruvidagi jamoa guruhda uch ochko bilan soʻnggi oʻrinni egalladi.
Ketishi haqida gapirar ekan, mutaxassis tayinlangan paytda Yevro-2024 saralashidan muvaffaqiyatli oʻtishga jiddiy shubhalar boʻlganini ham esladi. Montellaning aytishicha, jamoa nafaqat turnirga yoʻllanma oldi, balki jahon chempionatida va Millatlar ligasi A divizionida ham oʻynadi.
U bunday yakunni ogʻriqli deb atadi va futbolda baʼzan mutlaqo kutilmagan voqealar yuz berishini qoʻshimcha qildi.



