Juma, 27-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Oʻzbekistonda Xitoy avtomobil brendlari ulushi 18,4 foizga yetdi

2026-yil yanvar–oktabrida Xitoy brendlari Oʻzbekiston yangi avtomobillar bozorining 18,4 foizini egalladi — ulush bir yil ichida 6,8 foiz punktiga oshdi.

17-noyabr, 17:50По-русски

Read in English

asosiy.net

Toshkentda Oʻzbekiston Avtomobil Biznesi Assotsiatsiyasi 2026-yil yanvar–oktabr oylaridagi avtomobil bozori natijalarini maʼlum qildi. Bu davrda mamlakatda 318 949 ta yangi avtomobil sotildi — oʻtgan yilga nisbatan 6,5 foiz kam. Shu bilan birga, Xitoy avtomobil markalari savdosi 48,2 foizga oshdi.

Chevrolet 74 foiz ulush bilan yetakchilikni saqlab qoldi, biroq uning ulushi bir yil ichida 7,8 foiz punktiga kamaydi. ADM Global 12,3 foiz ulush bilan ikkinchi boʻldi, bu koʻrsatkich 1,5 foiz punktiga oshgan. BYD 10,7 foiz koʻrsatkich bilan uchinchi oʻrinni egalladi va ulushini 5,1 foiz punktiga oshirdi.

Oktabr oyida Oʻzbekistonda 36 176 ta yangi avtomobil sotildi. Bu 2025-yilning shu oyidagi natijadan qariyb 12 foiz kam, ammo sentyabrdagi koʻrsatkichdan 6,3 foiz koʻp. Sentyabrga nisbatan Soueast savdosi 75,3 foizga, Geely savdosi 29,8 foizga, Chevrolet savdosi 13,4 foizga, Chery savdosi 9,1 foizga oshdi. Deepal, Changan, Li Xiang va Haval avtomobillari savdosi esa kamaydi.

Alohida modellar orasida sotuvlardagi eng katta oʻsish Chevrolet Cobaltʼda — 2 175 ta avtomobilga, Chevrolet Damasʼda — 1 843 taga, BYD Song Plus DM-i Championʼda — 496 taga, BYD Yuan Up DM-iʼda — 246 taga va Soueast S08 DMʼda — 195 taga qayd etildi. Eng sezilarli pasayish BYD Chazor Championʼda — 820 ta avtomobilga, Kia Sonetʼda — 506 taga, Chevrolet Trackerʼda — 456 taga, Haval Jolionʼda — 325 taga va Chevrolet Laboʻda — 268 taga kuzatildi.

Oʻn oy davomida eng koʻp avtomobil Toshkentda sotildi, undan keyingi oʻrinlarda Samarqand va Fargʻona viloyatlari turadi. Eng kam savdo Sirdaryo viloyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasida qayd etildi.