Juma, 27-noyabr 2026-yil
Madaniyat

«Qasoskorlar: Qiyomat kuni»da Lochin koʻzi shogirdi Kate Bishop qaytadi

Heyli Steynfeld «Qasoskorlar: Qiyomat kuni»da ishtirokini tasdiqladi: ism yozilgan kreslo surati Kate Bishop qaytishini koʻrsatdi.

23-noyabr, 15:06По-русски

Read in English

championat.com

Amerikalik aktrisa Heyli Steynfeld ijtimoiy tarmoqlardagi posti orqali Marvelʼning boʻlajak filmida ishtirok etishini tasdiqladi. Suratdagi uning ismi yozilgan kreslo Kate Bishop qahramoni qaytishidan darak beradi.

Kate Bishop ilk bor «Lochin koʻzi» serialida paydo boʻlgan. Unda u Klint Barton bilan birga «Trenik kiygan mafiya» tashkilotiga qarshi kurashgan. Marvelʼning toʻliq metrajli filmlarida qahramon avval faqat «Kapitan Marvel 2»da koʻringan. Yangi filmda Bishop Doktor Dumga qarshi kurashda Qasoskorlar, X-Men, Fantastik toʻrtlik, vakandaliklar va Yangi Qasoskorlarga qoʻshiladi.

«Qasoskorlar: Qiyomat kuni» filmining jahon premyerasi 18 dekabrga rejalashtirilgan. Doktor Dum rolini avval Temir odam obrazini ijro etgan Robert Dauni-kichik oʻynadi.