Juma, 27-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Oʻzbekiston Ummon portlaridan mahsulot eksportida foydalanishni muhokama qildi

Oʻzbekiston Ummonning Asyad Group kompaniyasi bilan Sohar, Duqm va Salala portlaridan tovarlarni Afrika va boshqa hududlarga eksport qilish imkoniyatini muhokama qildi.

18-noyabr, 13:47По-русски

Read in English

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning davlat tashrifi doirasida Ummonda Oʻzbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov Asyad Group bosh direktori Abdulrahmon Salim Al-Hasmi bilan uchrashdi. Bu haqda Oʻzbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tomonlar Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini Ummon bozoriga yetkazib berish, logistika va ombor infratuzilmasini rivojlantirish masalalarini koʻrib chiqdi. Sohar, Duqm va Salala portlari infratuzilmasidan oʻzbek tovarlarini Afrika mamlakatlari bozorlari va boshqa jahon yoʻnalishlariga olib chiqishda foydalanish rejalashtirilmoqda.

Ishtirokchilar, shuningdek, Asyad Group logistika operatorlari va omborlari tarmogʻi orqali Oʻzbekistondan Yevropa, Afrika va Osiyoga mahsulot yetkazib berishni muhokama qildi. Kun tartibidan talab yuqori boʻlgan xorijiy tovarlarni import qilish, xalqaro transport-logistika zanjirlari va amaldagi transport koridorlaridan foydalanish masalalari ham oʻrin oldi. Uchrashuv yakunida tomonlar amaliy loyihalarga va Oʻzbekistonning xalqaro yoʻnalishlarini rivojlantirishga qiziqishlarini tasdiqladi.