Juma, 27-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Qozogʻiston poʻlat zagotovkalarini olib chiqishga taqiqni yana yarim yilga uzaytirdi

Qozogʻiston poʻlat zagotovkalarini barcha transport turlarida olib chiqishga qoʻyilgan taqiqni olti oyga uzaytirdi. Cheklov legirlanmagan va legirlangan poʻlat mahsulotlarini qamrab oladi.

20-noyabr, 15:42По-русски

Read in English

inbusiness.kz

Qozogʻistonda 20 noyabr kuni sanoat va qurilish vazirining buyrugʻi bilan poʻlat zagotovkalarini olib chiqishga qoʻyilgan cheklov uzaytirildi. Taqiq temir va legirlanmagan poʻlatning quymalari, boshqa birlamchi shakllari hamda yarim tayyor mahsulotlariga tatbiq etiladi. U korroziyaga chidamli va boshqa legirlangan poʻlatning birlamchi shakllari hamda yarim tayyor mahsulotlarini ham qamrab oladi.

Cheklov 2024 yil dekabridan beri amal qilmoqda. Chora mahalliy prokat quvvatlarini xomashyo bilan taʼminlash, ichki bozordagi tanqislikni kamaytirish va qoʻshilgan qiymati past yarim tayyor mahsulotlarni eksport qilish oʻrniga mamlakat ichida metallarni chuqur qayta ishlashni rivojlantirishga qaratilgan.