Juma, 27-noyabr 2026-yil
Madaniyat

«Betmen qaytadi» filmidagi Batmobil $5–7 mln ga auksionga qoʻyiladi

AQShda 1992-yilgi «Betmen qaytadi» filmi avtomobili auksionga qoʻyiladi. Julienʼs Auctions lot sotilgan Batmobillar orasida rekord oʻrnatishi mumkinligini aytdi.

24-noyabr, 12:12По-русски

Read in English

euronews.com

23 noyabr kuni AQShda «Betmen qaytadi» filmi suratga olishida ishlatilgan avtomobil boʻyicha boʻlajak savdo maʼlum qilindi. Julienʼs Auctions lotni $5–7 mln deb baholadi.

Batmobil filmning aksariyat sahnalarida qatnashgan. Unda original boʻyoq va dvigatel, shuningdek, alanga tillariga taqlid qiluvchi masofadan boshqariladigan chiqarish tizimi saqlanib qolgan. Auksion uyiga koʻra, avtomobil ilgari sotilgan Batmobillar orasida eng qimmatiga aylanishi mumkin.

Avtomobildan foydalanish Warner Bros. bilan tuzilgan kelishuvlar bilan cheklangan. Uni umumiy foydalanishdagi yoʻllarda boshqarish mumkin emas, ommaviy tadbirlarda esa faqat harakatsiz holatda namoyish etishga ruxsat beriladi.