Juma, 27-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Airbus 2045-yilga borib Markaziy Osiyoda havo tashuvlari qariyb uch baravar oshishini prognoz qilmoqda

Mintaqaning besh mamlakatida oʻrta sinf vakillari soni 26 million kishiga koʻpayib, 80 millionga yetadi

17-noyabr, 16:24По-русски

Read in English

Airbus prognoziga koʻra, Markaziy Osiyoda havo tashuvlari hajmi yiliga oʻrtacha 5,1 foizga oshib boradi. Gap ichki va xalqaro yoʻnalishlar haqida bormoqda. Kompaniya bahosiga koʻra, talabning oshishiga aholi sonining koʻpayishi, oʻrta sinfning kengayishi va shahar iqtisodiyotining rivojlanishi turtki beradi.

Tashuvlarning asosiy qismi mintaqa ichidagi yoʻnalishlarga toʻgʻri keladi. Shu bilan birga, Markaziy Osiyo, Xitoy, Yevropa va MDH mamlakatlari oʻrtasidagi yoʻnalishlarda eng tez oʻsish kutilmoqda. Airbus, shuningdek, aholi jon boshiga havo qatnovlari intensivligi qariyb ikki baravar oshishini prognoz qilmoqda.

Mintaqadagi aviakompaniyalar allaqachon yoʻnalish tarmoqlarini kengaytirib, aviaparklarini yangilamoqda. Airbus prognoziga koʻra, yangi avlod samolyotlarining ulushi 2035-yilga borib 86 foizga yetadi. Kompaniya tashuvchilarga xavfsiz va samarali parvozlar uchun zamonaviy havo kemalarini taklif qilishni rejalashtirmoqda.

Airbus kompaniyasida aviatsiyaning rivojlanishi sayohatlar, xizmat safarlari va xalqaro aloqalar imkoniyatlarini kengaytiradi, deb hisoblashadi. Oʻzbekiston uchun bu oʻzgarishlar mintaqaviy va global havo tashuvlari bozoriga integratsiyalashuv uchun qoʻshimcha istiqbollarni yaratishi mumkin.