Juma, 27-noyabr 2026-yil
Siyosat

Eronning Keshm oroli AQSh hujumiga uchradi, infratuzilma zarar koʻrmadi

Mahalliy hokimiyat Keshm oroli yaqinidagi hududga AQSh zarbasi berilganini bildirdi. Turar joy va tijoriy obyektlar zarar koʻrmagan.

18-noyabr, 13:27По-русски

Read in English

arabnews.com

Eronning Keshm orolida seshanba, 17-noyabr kuni orol yaqinidagi hududga AQSh zarbasi berilgani haqida xabar qilindi. Mahalliy hokimiyat maʼlumotiga koʻra, turar joylar, tijoriy obyektlar va boshqa infratuzilmaga zarar yetmagan.

Keshmdagi vaziyat nazorat ostida, barcha favqulodda xizmatlar toʻliq shay holatga keltirilgan. Seshanba kuni avvalroq Keshm shahridan shimoli-gʻarbda portlash yuz bergani xabar qilingan, uning sababi aniqlanmagan.