Xitoyda kosmetika savdosining yangi qoidalari
Proya Cosmetics may oyida 351 mln yuanlik bitimda Xitoyning Flower Knows brendidagi ulushini qoʻshimcha paket sotib olib, 51 foizgacha oshirdi. Bu mahalliy kosmetika bozoridagi oʻzgarishlarni aks ettiradi.

Xitoyda Proya Cosmetics may oyida Flower Knowsʼning qoʻshimcha ulushini sotib olib, brenddagi egalik ulushini 51 foizgacha oshirdi. Guruh kompaniyaga ilk bor avgust oyida sarmoya kiritgan. 2024-yilda Proya daromadi 10 mlrd yuandan oshib, kompaniyani Xitoydagi eng yirik kosmetika kompaniyasiga aylantirdi.
Xarid Proyaʼning faqat oʻz brendlari hisobiga emas, balki sotib olishlar orqali rivojlanish strategiyasiga mos keladi. Guruh 2035-yilgacha dunyodagi eng yirik 10 ta kosmetika kompaniyasi qatoriga kirish va yillik daromadini 50 mlrd yuanga yetkazishni rejalashtirmoqda.
2016-yilda tashkil etilgan Flower Knows ertaknamo estetikadagi kosmetikani asosan raqamli platformalar, jumladan Taobao va jonli translyatsiyalar orqali sotadi. Xitoy brendlari ishonchni va uzoq muddatli daromadlilikni mustahkamlash uchun onlayn kanallarni nazorat qilinadigan oflayn chakana savdo bilan uygʻunlashtirishga intilmoqda.
Xitoy Milliy statistika byurosi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yil yanvar–sentabr oylarida kosmetika savdosi 349 mlrd yuanni tashkil etib, yillik hisobda 6,1 foizga oshgan. Mahalliy oʻyinchilar — Proya, Florasis va Maogeping — birgalikda kosmetikaning ichki bozorining yarmidan koʻprogʻini nazorat qiladi.



