Juma, 27-noyabr 2026-yil
Sport

Dvalishvili rossiyalik kurashchi Gadjimagomedovdan uzr soʻradi, keyin postni oʻchirdi

UFCning sobiq chempioni Merab Dvalishvili oilasini haqorat qilgani uchun rossiyalik kurashchi Ahmed Gadjimagomedovdan uzr soʻradi, biroq postni oʻchirdi.

17-noyabr, 11:34По-русски
matchtv.ru

Dvalishvili va Gadjimagomedov oʻrtasidagi mojaro 11 iyul kuni Tbilisidagi RAF turnirida yuz berdi. Ogʻzaki tortishuv chogʻida gruziyalik jangchi Gadjimagomedovga zarba berdi.

Dvalishvili oʻchirilgan postida voqeadan keyin sportchilar bir-biriga qoʻl berib koʻrishgani va mojaroni tugatishga qaror qilganini yozgan. Keyin eʼlon qilingan videoda uning Gadjimagomedovning oilasini haqorat qilgani koʻrindi. Dvalishvili bunday qilishni istamaganini aytib, shaxsan uchrashishni taklif qildi.

Chorshanba kuni Dvalishvili PFLning yengil vazn toifasidagi chempioni Usman Nurmagomedov va uning doʻstlari Abu-Dabidagi mehmonxonada unga hujum qilib, kaltaklaganini ham aytdi. Juma kuni Nurmagomedov va uning jamoasi aʼzolari olti oyga hibsga olingani maʼlum boʻldi.

BAA rasmiy axborot portaliga koʻra, Abu-Dabi sudi mehmonxonadagi mushtlashuv ishi boʻyicha 10 nafar ayblanuvchiga hukm chiqardi. Olti nafar ish ishtirokchisi jamoat tartibini buzish va hayotga xavf tugʻdirgani uchun olti oy qamoq hamda 300 ming dirham jarimasiga hukm qilindi. Voqeani tasvirga olgan ikki kishi ham xuddi shunday jazoga tortiladi.