Oʻzbekiston va Qorachoy-Cherkesiya hamkorlikni kengaytirishni muhokama qildi
Oʻzbekiston elchisi Botirjon Asadov va Qorachoy-Cherkesiya rahbari Rashid Temrezov savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar aloqalarni muhokama qildi.

23 noyabr kuni Cherkessk shahrida Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadovning Qorachoy-Cherkesiya Respublikasi rahbari Rashid Temrezov bilan uchrashuvi elchining Qorachoy-Cherkesiya Respublikasiga ishchi tashrifi davomida boʻlib oʻtdi.
Tomonlar hududlararo savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini koʻrib chiqdi. Sanoat, qishloq xoʻjaligi, turizm, taʼlim va madaniyatga alohida eʼtibor qaratildi.
Temrezov tashrifni muhim voqea deb atab, u har tomonlama hamkorlik borasida, avvalo, gumanitar-madaniy sohada qoʻshimcha imkoniyatlar ochishini taʼkidladi.



