XXRga quvur orqali gaz yetkazib berish sentabrda 12% oshdi
Xitoy 2026-yil sentabrida quvurlar orqali 5,825 mlrd kub metr gaz oldi — bu yillik hisobda 12% koʻp, deya maʼlum qildi XXR bojxona boshqarmasi.

Xitoy quvurlar orqali gazni Rossiya, Qozogʻiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston va Myanmadan oladi. Sentabrda Rossiyaning «Sibir kuchi» gaz quvurida 15–22-sentabr kunlari texnik xizmat koʻrsatildi va shu sabab yetkazib berish toʻxtatildi. Shu bilan birga, Turkmanistondan kelgan gaz hajmi avvalgi oy darajasida — taxminan 2,5 mlrd kub metr — saqlanib qoldi. Bu umumiy yetkazib berishlar oʻsishini qoʻllab-quvvatladi.
Sentabrda suyultirilgan tabiiy gaz importi 5,534 mln tonnani tashkil etdi, bu yillik hisobda 4% kamayishdir. Rossiyadan suyultirilgan gaz yetkazib berish 78% oshib, 1,511 mln tonnaga yetdi. Hajm boʻyicha Rossiya Avstraliyadan keyin ikkinchi oʻrinni egalladi. Avstraliya 2 mln tonna gaz yetkazib berdi — bu bir yil avvalgidan 24% koʻp.
Sentabrda Xitoy yana AQShdan birorta ham suyultirilgan gaz partiyasini olmadi. Qayta eksport import hajmining 5 foizini tashkil etdi, avgustda bu koʻrsatkich 9% edi. Janubiy Koreya, Tailand va Singapurga bittadan yirik tonnajli partiya joʻnatildi.



