Toshkentning ikki tumani aholisi vaqtincha gazsiz qoladi
2026-yil 17-noyabr kuni Hududgaz Poytaxt filiali gaz quvurlarini koʻchirish sabab Toshkentning ikki tumani ayrim mahallalarida gaz berishni vaqtincha toʻxtatadi.

2026-yil 17-noyabr kuni Toshkentda gaz quvurlari xavfsiz hududlarga koʻchiriladi. Shu sabab shaharning ayrim hududlarida gaz berish vaqtincha toʻxtatiladi.
Mirzo Ulugʻbek tumanidagi «Asaka» mahallasida gaz berish 10:00 dan 17:00 gacha toʻxtatiladi. Bu Mahatmagandiya va Asaka koʻchalaridagi 430 ta xususiy uy, 480 ta xonadonga ega 9 ta koʻp qavatli uy hamda 7 ta ulgurji isteʼmolchiga taalluqli.
Yunusobod tumanida gaz berish 10:00 dan 18:00 gacha toʻxtatiladi. Roʻyxatga «Yangi Tarnov», «Shibli» va «Firdavsiy» mahallalaridagi 350 ta xususiy uy, shuningdek, «Buyuk Turon», «M. Ulugʻbek», «Uvaysiy», «Yurtobod», «Shoshtepa» va «Begʻubor» mahallalaridagi uylar hamda xonadonlar kiritilgan. Uchta mahallaning 19-kvartalida 38 ta koʻp qavatli uy — 3 200 ta xonadon aholisi vaqtincha gazsiz qoladi.
Shuningdek, «Buyuk Turon» va «M. Ulugʻbek» mahallalaridagi «Mahalla-90» kafesi, «Zebu Zar» toʻyxonasi, «Sadoba» kafesi hamda boshqa ulgurji isteʼmolchilarga gaz berish toʻxtatiladi. Ishlar yakunlangach, isteʼmolchilar oldindan ogohlantiriladi va gaz berish bosqichma-bosqich tiklanadi.



