Qozogʻistonda sanoat va qurilish vaziri lavozimidan ozod etildi
Davlat rahbari farmoni bilan Ersayin Nagaspayev Qozogʻiston sanoat va qurilish vaziri lavozimidan ozod etildi. U bu lavozimga 2025-yil 28-fevralda tayinlangan edi.

Qozogʻistonda davlat rahbari farmoni bilan Nagaspayev sanoat va qurilish vaziri lavozimidan ozod etildi.
Nagaspayev Buketov nomidagi Qaragʻanda davlat universitetini «Xalqaro iqtisodiy munosabatlar» mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. U bosh vazir oʻrinbosarining maslahatchisi, Qaragʻanda akimining oʻrinbosari va Qaragʻanda viloyati akimining maslahatchisi boʻlib ishlagan.
2011–2013-yillarda Nagaspayev Shaxtinsk akimi boʻlgan, keyinchalik Ostona akimining oʻrinbosari lavozimida ishlagan. Shundan soʻng u «Astana» SPKga rahbarlik qilgan va «Novostroy Astana» xususiy kompaniyasida ishlagan. 2021-yilda «Qazaqstan temir joly»ga oʻtib, taʼminot va yangi loyihalar bilan bogʻliq rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.



