Juma, 27-noyabr 2026-yil
Sport

Inter Miami futbolchisi Lionel Messi MLS maoshlari roʻyxatida yetakchi

Lionel Messi MLSda eng koʻp maosh oluvchi futbolchi boʻlib qolmoqda: uning kafolatlangan kompensatsiyasi futbolchilar kasaba uyushmasi maʼlumotiga koʻra, $28,3 mln.

20-noyabr, 16:00По-русски

Read in English

aljazeera.com

Payshanba kuni AQShda MLS futbolchilari kasaba uyushmasi futbolchilarga kafolatlangan toʻlovlar haqidagi maʼlumotlarni eʼlon qildi. Messi kompensatsiyasi oʻtgan yilgidan deyarli $8 mln koʻp, biroq hisob-kitobga boshqa manbalardan tushadigan daromadlar emas, faqat oʻyin uchun toʻlovlar kiritilgan. U oʻtgan yili Inter Miami bilan shartnomasini 2028 yilgacha uzaytirgan.

Ikkinchi oʻrinni Chicago Fire futbolchisi Robert Levandovski egalladi — $19,51 mln. Keyingi oʻrinlarda Orlando jamoasidan Antuan Grizmann — $13,94 mln, Los Angeles FCdan Son Xyon Min — $11,15 mln va Atlanta Uniteddan Breel Embolo — $10,81 mln.

Inter Miami klublar orasida jami kafolatlangan kompensatsiya boʻyicha ham yetakchi boʻldi — $59,37 mln. Keyingi oʻrinlarda Chicago — $41,29 mln, Atlanta — $38,35 mln, Los Angeles Galaxy — $34,91 mln va LAFC — $32,91 mln. Eng past koʻrsatkich Philadelphia Unionda qayd etildi — $12,64 mln; Sporting Kansas Cityda bu summa $13,30 mln, DC Unitedda esa $14,55 mlnni tashkil etdi.

Maʼlumotlar 9 oktabr holatiga tegishli. Yozda klublarga oʻtgan futbolchilar uchun summalar yillik koʻrsatkichga qayta hisoblangan.