Juma, 27-noyabr 2026-yil
Siyosat

Eron harbiy-dengiz kuchlari Hormuz boʻgʻozida yana bir tanker mina portlashiga uchraganini bildirdi

Eron harbiy-dengiz kuchlari kun davomida uchinchi tanker Hormuz boʻgʻozining sharqiy qismida minada portlab, yonganini maʼlum qildi.

19-noyabr, 12:14По-русски

Read in English

aa.com.tr

Eron harbiy-dengiz kuchlari 17 noyabr kuni Hormuz boʻgʻozining sharqiy qismida tanker dengiz minasida portlaganini bildirdi. Harbiylar bayonotiga koʻra, bu kun davomida portlagan uchinchi kema boʻlib, portlashdan keyin yongan.

Eron harbiylari boʻgʻoz yopilganini maʼlum qildi. Kemalar oʻtishi uchun Eron qurolli kuchlari bilan muvofiqlashish va Tehron bilan kelishilgan xavfsiz yoʻnalishlardan foydalanish talab etiladi.

Avvalroq, oʻsha kuni Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi ikkita kema, jumladan, oʻta yirik tankerdan iborat guruh minalarda portlab, yonganini bildirgan. Korpus versiyasiga koʻra, ikkala kema ham boʻgʻozdan oʻtish boʻyicha Eron protokolini buzgan.

Buyuk Britaniyaning Dengiz savdo operatsiyalari boshqarmasi ham bir kun avval boʻgʻozda zarbaga uchragan kema keyinroq takroriy oʻqqa tutilgani haqida xabar bergan.