Juma, 27-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar

Turkmaniston xalqaro texnologik tashkilotlar bilan memorandumlar imzoladi

Turkmaniston Aloqa vazirligi Canaan Creative, Dell Technologies Kazakhstan and Central Asia va «Shkola 21» bilan raqamli infratuzilma hamda IT mutaxassislarini tayyorlash boʻyicha memorandumlar imzoladi.

25-noyabr, 17:39По-русски

Read in English

trend.az

25 noyabr kuni Turkmanistonning Ashxobod shahrida hujjatlar «TurkmenTel 2026» xalqaro forumi doirasida imzolandi. Kelishuvlar tomonlari Xitoyning Canaan Creative Global Pte. Ltd. kompaniyasi, Amerikaning Dell Technologies kompaniyasining Qozogʻistondagi boʻlinmasi va Rossiyaning «Shkola 21» ANO tashkiloti boʻldi.

Memorandumlar hisoblash texnologiyalari, telekommunikatsiyalar, maʼlumotlarni qayta ishlash markazlarini tashkil etish, kiberxavfsizlik va elektron hukumatni rivojlantirish sohalarida hamkorlikni oʻrganishni nazarda tutadi. Tomonlar, shuningdek, tajriba va ekspert bilimlari almashish hamda qoʻshma texnologik va taʼlim loyihalarini koʻrib chiqishni rejalashtirmoqda.

«Shkola 21» bilan alohida kelishuv IT-taʼlimni rivojlantirishga bagʻishlangan. Unga koʻra, Turkmanistonda axborot texnologiyalari boʻyicha mutaxassislar tayyorlash markazini tashkil etish imkoniyati oʻrganilishi rejalashtirilgan. Imzolangan hujjatlar raqamli sohada xalqaro hamkorlikni davom ettirish uchun asos yaratadi.