Osiyo Chempionlar ligasi: «Paxtakor» «Al-Ittihod»ga yutqazdi
«Paxtakor» OFK Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 5-turida safarda «Al-Ittihod»ga yutqazdi. Jiddadagi uchrashuv 2:0 hisobida yakunlandi.
25-noyabr, 17:17По-русски

Saudiya Arabistonining Jidda shahrida Toshkent klubi 7-daqiqadayoq gol oʻtkazib yubordi: himoyachi Muhannad ash-Shanqitiy mezbonlarni oldinga olib chiqdi. Tanaffusdan keyin «Al-Ittihod»ning ustunligini nigeriyalik hujumchi Jorj Ilenixena oshirdi — u 47-daqiqada gol urdi.
Besh turdan soʻng Gʻarbiy mintaqada «Paxtakor» ikki ochko bilan 15-oʻrinda bormoqda. Saudiya jamoasi yetti ochko jamgʻarib, sakkizinchi pogʻonani egallagan. 7-dekabr kuni Toshkent klubi Eronning «Traktor» jamoasini qabul qiladi.



