Nepal hukumati bedarak yoʻqolgan qariyb 4 ming kishini halok boʻlgan deb eʼlon qiladi
Nepal hukumati avgust oxiridagi suv toshqinidan keyin bedarak yoʻqolgan qariyb 4 ming kishini rasman halok boʻlgan deb eʼlon qilishga tayyorlanmoqda. Ular orasida 623 nafar chet ellik bor.

Rasmiy bayonot eʼlon qilinishidan oldin hukumat bedarak yoʻqolganlar haqidagi maʼlumotlarni mumkin boʻlgan xatolarni tuzatish uchun aniqlashtirmoqda. Roʻyxat kengaytirilishi mumkin.
Qaror tabiiy ofatlardan keyin bedarak yoʻqolganlarni halok boʻlgan deb tan olish muddatini 12 yildan olti haftagacha qisqartirgan qonun qabul qilinganidan soʻng mumkin boʻldi. Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha mahalliy boshqaruv vakili maʼlumotlarni yigʻish allaqachon boshlanganini aytdi.
Suv toshqini avgust oxirida Nepal shimolida qor koʻchkisi tushganidan keyin yuz berdi. Oqim aholi punktlarini vayron qildi va katta hududni suv bosdi. Natijada 1 455 kishi halok boʻldi.



