Juma, 27-noyabr 2026-yil
Sport

«Ungacha esa faqat hayajon»: Gukesh jahon chempionligi uchun oʻyin boshlanishi haqida

Hindistonlik grossmeyster Gukesh Dommaraju Javohir Sindarovga qarshi matchning eng oson lahzasi birinchi partiyaning boshlanishi boʻlganini aytdi. Partiya durang bilan yakunlandi.

25-noyabr, 14:00По-русски

Read in English

championat.com

Jahon chempioni unvoni uchun matchning birinchi partiyasi 38-yurishdan soʻng durang bilan yakunlandi. Hakam pozitsiya toʻrt marta takrorlanganidan keyin natijani qayd etdi.

Dommaraju oʻyin boshlanishidan oldin tayyorgarlik va match atrofidagi shov-shuv sabab kuchli hayajonlanganini aytdi. Biroq partiya boshlangach, oʻzini xotirjamroq his qilgan, chunki shaxmat anchadan beri uning uchun odatiy muhitga aylangan.

Ikkinchi partiya 25-noyabr kuni boʻlib oʻtadi. U Toshkent vaqti bilan soat 19:00 ga belgilangan.