Nike 3D-bosma havo kamerali Tuned Airʼni taqdim etdi
Nike kelajak krossovkalari uchun Tuned Air texnologiyasini namoyish etdi va ilk modelni kelasi yili chiqarishni rejalashtirmoqda. Yangi konstruksiya oyoq qismlariga mos amortizatsiyani sozlash imkonini beradi.

Nike Tuned Air texnologiyasi va konsept yugurish krossovkasini taqdim etdi. Kompaniya yangi tizimga ega ilk modelni kelasi yili chiqarishni rejalashtirmoqda, biroq uning dizayni hali yakunlanmagan.
Nikeʼning innovatsiyalar, dizayn va mahsulotlar boʻyicha direktori Fil Makkartni havo kamerasi kompaniyaning maxsus 3D-bosib chiqarish va selektiv laminatsiya usullari yordamida yaratilishini aytdi. Bu jarayon taglikning turli qismlarida, masalan, tovon va oyoq panjasining old qismida kameraning konstruksiyasi hamda balandligini alohida oʻzgartirish imkonini beradi.
Makkartnining soʻzlariga koʻra, texnologiya Nikeʼga amortizatsiya va tayanch uygʻunligini koʻproq nazorat qilish imkonini beradi. Havo kamerasi taglikning butun uzunligi boʻylab koʻrinib turadi va bu element seriyali modelga ham kiritiladi. Shu bilan birga, taqdim etilgan render boʻlajak dizaynni faqat taxminiy tarzda koʻrsatadi: unga bir nechta oʻzgartirish kiritiladi, ammo kameraning shakli, kutilishicha, prototipnikiga yaqin boʻlib qoladi.
Nike Tuned Airʼni Air Max va Air Zoomʼdan keyingi havo amortizatsiyali poyabzalning yangi avlodi sifatida koʻrib chiqmoqda. Kompaniya, shuningdek, individual sozlash imkoniyatlari va taglikni vizual bezashning ilgari ishlab chiqarish jarayoni bilan cheklangan yangi variantlarini ham oʻrganmoqda.
Yana oʻqing

Boris Titov BRM kun tartibiga SI, kosmos va madaniyatni qoʻshishni taklif qildi
Texnologiyalar10:49
«Roskosmos» kosmonavtlarga yordam berish va sunʼiy yoʻldosh tasvirlarini yaxshilash uchun sunʼiy intellektdan foydalanadi
Texnologiyalar10:41
