Nvidia Xitoyga hatto AQSh ruxsat bergan Hopper AI chiplarini ham toʻliq yetkazishni toʻxtatdi
Nvidia endi Xitoyga maʼlumotlar markazlari uchun Hopper tezlatkichlarini yetkazib bermayapti, dedi bosh direktor v.b. Kollett Kress. III chorakda bu hajm $2,4 mlrdga baholangan.

Nvidia Xitoyga Hopper turkumidagi tezlatkichlarni yetkazib berishni toʻxtatdi, deya maʼlum qildi kompaniya. Uning joriy prognozlarida bu yetkazib berishlar endi hisobga olinmayapti. Kress qaror sabablarini ochiqlamadi.
Avvalroq AQSh hukumati Nvidiaʼga XXRga shu turkumdagi H200 tezlatkichlarini sotishga ruxsat bergan, biroq kompaniyaning yangiroq Blackwell chiplari yetkazib berish haqidagi soʻrovi rad etilgan. H200’lar amaldagi Rubin tezlatkichlaridan ikki avlod ortda.
Oʻtgan dushanba kuni AQSh prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati eksport nazoratini kuchaytirdi. Cheklovlar, jumladan, maʼlumotlar markazi operatori Xitoy kompaniyalariga sunʼiy intellekt vazifalari uchun ilgʻor uskunalardan masofadan foydalanish imkonini berishni rejalashtirgan holatlarga ham taalluqli boʻldi.
Direktorlar kengashi raisi Xarvi Jons milliy xavfsizlik talablari bozorni allaqachon oʻzgartirayotganini, Nvidiaʼning yangi rahbari esa ehtiyotkorlik bilan harakat qilishi kerakligini aytdi. Kompaniya, shuningdek, milliy xavfsizlik qoʻmitasini tuzdi.
Yana oʻqing

Boris Titov BRM kun tartibiga SI, kosmos va madaniyatni qoʻshishni taklif qildi
Texnologiyalar10:49
«Roskosmos» kosmonavtlarga yordam berish va sunʼiy yoʻldosh tasvirlarini yaxshilash uchun sunʼiy intellektdan foydalanadi
Texnologiyalar10:41
