Rossiya va Xitoy Amur yoʻlbarslarini monitoring qilishning qoʻshma tizimini yaratishni rejalashtirmoqda
«Amur yoʻlbarsi» markazi va Xitoy universiteti yirtqich hayvonning transchegaraviy populyatsiyasini monitoring qilishning qoʻshma tizimini yaratishni nazarda tutuvchi hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimni imzoladi.

«Amur yoʻlbarsi» markazi va Xitoyning Shimoli-sharqiy oʻrmon xoʻjaligi universiteti hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimni imzoladi. Hujjat fototuzoqlar yordamida Amur yoʻlbarslari, ularning ozuqa bazasi va yashash muhitini birgalikda oʻrganish hamda monitoring qilishni nazarda tutadi.
Tomonlar texnologiyalar almashish, kuzatuv maʼlumotlarini tahlil qilish va seminarlar, ilmiy konferensiyalar hamda oʻzaro tashriflar davomida mutaxassislar tayyorlash niyatida. Shuningdek, ular Amur yoʻlbarslari sonini tiklash ustida ishlaydi.
Bitimni markaz direktori hamda universitet rektori Sun Venlun imzoladi. Birinchi ishchi uchrashuv Rossiya raisligida oʻtkazilgan BMTning ESCAP tashkiloti Shimoli-sharqiy Osiyoda tabiatni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik boʻyicha submintaqaviy dasturi seminar doirasida boʻlib oʻtdi.
Amur yoʻlbarslarining aksariyati bir vaqtning oʻzida Rossiya va Xitoy hududida yashaydi, bu esa populyatsiyani hisoblashni qiyinlashtiradi. Xitoydagi Shimoli-sharqiy yoʻlbars va qoplon milliy bogʻida 72 ta, Rossiyada esa 750 ta yoʻlbars qayd etilgan.



